Prezident ishtirokida madaniyat va sanʼat xodimlarini mukofotlash marosimi boshlandi
Sohani yanada rivojlantirish boʻyicha kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan uchrashuv ham boʻlib oʻtadi.

Prezident ishtirokida madaniyat va sanʼat xodimlarini mukofotlash marosimi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va sanʼat xodimlari bilan sohani yanada rivojlantirish boʻyicha kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazishi belgilangan.

Xalqaro kongress markazida Shavkat Mirziyoyev ishtirokida madaniyat va sanʼat sohasi xodimlaridan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshirish marosimi boʻlib oʻtmoqda.

