platina.uz
Jamiyat

Namanganda 23 yoshli yigit suvda oqib ketdi

Hodisa 28 may kuni sodir boʻlgan. Mazkur holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi. 

Namanganda 23 yoshli yigit suvda oqib ketdi

Namanganda 23 yoshli yigit suvda oqib ketdi, uning jasadi qidirilmoqda.

2026 yil 28 may kuni 23 yoshli yigit qarindoshlari bilan birgalikda Pop tumanida joylashgan dam olish maskaniga kelib, u yerdan oqib oʻtuvchi "Chodaksoy" soyiga choʻmilish maqsadida tushgan.

Ehtiyotsizligi oqibatida u suvda choʻkib ketib, qayta chiqmagan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruv doirasida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimining qutqaruvchilari jalb etilgan holda suvga choʻkib ketgan yigitni qidirib topish ishlari amalga oshirilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid