platina.uz
Madaniyat

Kinematografiya komissiyasi, Milliy va Badiiy kengashlar tugatiladi

Davlat buyurtmasi asosida yaratilgan filmlar namoyishidan tushgan mablagʻning 50 foizi prodyuser va ijodiy guruhga qoʻshimcha ragʻbat sifatida beriladi. 

Kinematografiya komissiyasi, Milliy va Badiiy kengashlar tugatiladi

Respublika kinematografiya komissiyasi, Milliy va Badiiy kengashlar tugatiladi.

Shu yilning 1 sentabridan davlat buyurtmasi asosida kino yaratishda targʻibot va reklama xarajati uchun film budjetining 30 foizigacha mablagʻ ajratiladi, xarid shartnomalarini ekspertizadan oʻtkazish talabi bekor qilinadi. Shuningdek, xorijiy kompaniyalarning Oʻzbekiston hududida kino mahsulot yaratish bilan bogʻliq faoliyati soliqlardan ozod qilinadi.

Davlat buyurtmasi asosida yaratilgan filmlar namoyishidan tushgan mablagʻning 50 foizi prodyuser va ijodiy guruhga qoʻshimcha ragʻbat sifatida beriladi.

Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan oʻtkaziladigan “Oltin humo” milliy kino taqdimotining nufuzini yangi bosqichga koʻtarish maqsadida har yili 5 milliard soʻmdan ajratiladi.

Respublika kinematografiya komissiyasi, Milliy va Badiiy kengashlar haligacha eskicha boshqaruv va samarasiz nazorat tizimidan voz kecha olmayotgani qayd etildi. Shu bois, sohada ijodiy erkinlik va sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida ushbu komissiya va kengashlar faoliyati butunlay tugatiladi.

Endi kinoning har bir janri va mavzusidan kelib chiqib, oʻsha soha mutaxassislaridan iborat haq toʻlanadigan ekspert guruhlari tashkil qilinadi.

Bunda Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi tomonidan tavsiya etilgan mutaxassislar ekspert guruhlari tarkibiga kiritiladi. Mutasaddilarga kino sohasida zamonaviy va shaffof tizimni yoʻlga qoʻyish boʻyicha taklif kiritish topshirildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid