Shavkat Mirziyoyev Erdoʻgʻonga taʼziya yoʻlladi
Turkiya janubidagi Denizli viloyatida shaharlararo avtobus halokatida sakkiz kishi halok boʻldi.

Shavkat Mirziyoyev Erdoʻgʻonga taʼziya yoʻlladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasining Denizli viloyatida yoʻlovchi avtobusi halokatga uchragani oqibatida insonlar qurbon boʻlgani va jarohat olgani munosabati bilan Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻonga taʼziya yoʻlladi.
Davlatimiz rahbari halok boʻlganlarning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatlarda shifo topishini tiladi.
Eslatib oʻtamiz, Turkiya janubidagi Denizli viloyatida shaharlararo avtobus halokatida sakkiz kishi, jumladan, bir bola halok boʻldi va 33 kishi jarohat oldi.
Avtobus Izmirdan Antaliyaga ketayotgan edi.
Baxtsiz hodisa Denizli-Aydin avtomagistralida Sarakoy qishlogʻi yaqinida sodir boʻlgan, u yerda nomaʼlum sabablarga koʻra avtobus yoʻl toʻsigʻiga urilib, yonib ketgan.
