Jizzaxda oʻzini FVB vakili sifatida tanishtirib, pul undirib yurganlar aniqlandi
Ular savdo doʻkonlari, umumiy ovqatlanish maskanlari, oʻrmon fondi obʼektlari, xizmat koʻrsatish shoxobchalari va boshqa subʼektlar bilan shartnoma tuzgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda va fuqarolar orasida Baxmal tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subʼektlaridan oʻzini Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi sifatida tanishtirib pul mablagʻlari olinayotgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Jizzax viloyati FVB mazkur holatga izoh berdi.
Aniqlanishicha, Jizzax viloyati Zomin tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan “Yongʻin xavfsizligi davr talabi” MChJ yongʻin texnik vositalarini nazoratdan oʻtkazish, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha koʻmaklashish hamda yoʻriqnoma berish faoliyati bilan shugʻullanadi.
Mazkur MChJ tomonidan Baxmal tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi rahbariyatini oldindan ogohlantirmasdan, 2025 yil dekabr oyi davomida tumandagi tadbirkorlik obʼektlari — savdo doʻkonlari, umumiy ovqatlanish maskanlari, oʻrmon fondi obʼektlari, xizmat koʻrsatish shoxobchalari va boshqa subʼektlar bilan MChJ nizomiga muvofiq shartnomalar tuzilib, yillik toʻlovlar undirilganligi maʼlum boʻldi.
"Mazkur MChJning Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda uning tizim tashkilotlariga hech qanday tashkiliy, huquqiy yoki idoraviy aloqadorligi mavjud", deyiladi xabarda.
