platina.uz
Jamiyat

Suv nasosi ichiga yashirilgan narkotik modda fosh etildi

Qurilma xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning ichiga “Alfa PVP” sintetik giyohvandlik vositasi yashirilganligi maʼlum boʻldi. 

Suv nasosi ichiga yashirilgan narkotik modda fosh etildi

Suv nasosi ichiga yashirilgan narkotik modda fosh etildi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi. Unda oldindan kuzatuvga olingan, 1994 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida tugʻilgan fuqaro ushlanib, undan xorijdan yuborilgan suv nasosi qurilmasi tegishli tartibda olib qoʻyildi.

Ushbu qurilma xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning ichiga 968 gr “Alfa PVP” sintetik giyohvandlik vositasi yashirilganligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, mazkur fuqaro ijarada yashovchi Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi xonadondan ham narkotik moddalarni oʻlchash va qadoqlashda foydalaniladigan 2 ta elektron torozi, “zip” paketlar hamda skotchlar olindi.

Aniqlanishicha, u internet narkodoʻkonda “omborchi” vazifasida ishlagan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid