platina.uz
Jamiyat

"Sirli mahsulot" sabab andijonlik doʻkondorga jinoyat ishi ochildi

Ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan jami 11 kg "Keto coffee mix" mahsuloti tarkibida "sibutramin" kuchli taʼsir qiluvchi moddasi mavjud. 

"Sirli mahsulot" sabab andijonlik doʻkondorga jinoyat ishi ochildi

Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda boʻlgan mahsulotlar savdosiga chek qoʻyildi.

Giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Andijon viloyatida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda Marhamat tumani markazidagi savdo majmuasida 1991 y.t. fuqaro shartli xaridorga 900 dona “Keto coffee mix” mahsulotini 6 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ushbu mahsulot Andijon shahridagi “Jahon savdo kompleksi”da joylashgan doʻkondan xarid qilinganligi maʼlum boʻlib, tezkor tadbir davom ettirildi.

Natijada Andijon shahrida yashovchi, 1987 y.t. fuqaroga tegishli doʻkondan jami 480 dona “Keto coffee mix” mahsuloti olindi.

Taʼkidlash lozimki, ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan jami 11 kg “Keto coffee mix” mahsuloti tarkibida “sibutramin” kuchli taʼsir qiluvchi moddasi mavjud boʻlib, respublikamiz hududida uning muomalasi taʼqiqlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid