platina.uz
Jamiyat

Fargʻona va Namanganda yirik miqdordagi noqonuniy dori vositalari aniqlandi

Fargʻonalik fuqaro yuk avtomashinasida olib kelingan umumiy qiymati 778 mln soʻmlik, jami 38 turdagi dori vositalarini oʻzining yashash xonadoniga tushirayotgan vaqtida ushlangan. 

Fargʻona va Namanganda yirik miqdordagi noqonuniy dori vositalari aniqlandi

Fargʻona va Namanganda katta miqdordagi noqonuniy dori vositalari aniqlandi.

Aholi salomatligini muhofaza qilish va sifati kafolatlanmagan dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Xususan, Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi, 1987 y.t. fuqaro “Gazel” rusumli yuk avtomashinasida olib kelingan umumiy qiymati 778 mln soʻmlik, jami 38 turdagi 45960 dona dori vositalarini oʻzining yashash xonadoniga tushirayotgan vaqtida toʻxtatilib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Shuningdek, uning xonadoni koʻzdan kechirilganda 468 mln soʻmlik 25 turdagi 16535 dona dori vositalari meʼyoriy talablarga zid ravishda saqlanayotganligi maʼlum boʻldi.

Bu kabi noqonuniy holat Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD va Bojxona organlari hamda “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham fosh etildi.

Xususan, Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1995 y.t. va 1993 y.t. 2 nafar fuqaro oʻzlarining yashash xonadonlarida hamda Davlatobod tumanida joylashgan noturar binoda xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan va mamlakatimizga noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan katta miqdordagi dori vositalarini kelgusida sotuvga chiqarish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlandi.

Koʻzdan kechirish jarayonlarida ushbu 3 ta manzildan taxminiy qiymati 1 mlrd soʻmdan ortiq jami 453 turdagi 32528 quti dori vositalari tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda har ikki holat boʻyicha dori vositalariga nisbatan ekspertiza tekshiruvlari tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid