U-20 Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlandi
Oʻzbekiston Suriya, Hindiston va Bangladesh terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

2027 yilgi U-20 Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlandi.
Qurʼa natijalariga koʻra, Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi “B” guruhidan joy oldi. Saralash bosqichida jami 11 guruh mavjud.
Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi yoshlarimiz saralash bahslarida Suriya, Hindiston va Bangladesh terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi ishtirokidagi saralash uchrashuvlari 2026 yilning 25 avgustidan 6 sentabriga qadar Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.
