platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston va Qozogʻiston savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha "yoʻl xaritasi"ni imzoladi

Avtomobilsozlik, energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, farmatsevtika, logistika va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalar amalga oshiriladi. 

Oʻzbekiston va Qozogʻiston savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha "yoʻl xaritasi"ni imzoladi

Ostonaga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev huzurida Investitsiya va savdo sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

“Yoʻl xaritasi”da avtomobilsozlik, energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, farmatsevtika, logistika, qurilish materiallari, uy-joy qurilishi, qishloq xoʻjaligi kabi tarmoqlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

Hujjat joriy yil aprel-may oylarida ikki davlat rahbarlarining Buxoro va Turkiston shaharlarida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid