platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda hokimlik mansabdori, Fargʻonada bank xizmatlari markazi rahbari ushlandi

Hokimlik mansabdori tadbirkordan 45 sotix yer maydonini olib berish hamda uning 2002 y.t. tanishini mahalliy MChJlardan biriga ishga kiritib qoʻyish evaziga 500 AQSh dollari talab qiladi. 

Jizzaxda hokimlik mansabdori, Fargʻonada bank xizmatlari markazi rahbari ushlandi

Jizzax va Fargʻona viloyatlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani hokimligi mansabdor xodimi xizmat mavqeidan foydalangan holda tadbirkorning ishonchiga kirib, unga tuman melioratsiya boʻlimi balansida boʻlgan 45 sotix yer maydonini oʻzining yaqin aloqalari orqali olib berish hamda uning 2002 y.t. tanishini mahalliy MChJlardan biriga ishga kiritib qoʻyish evaziga 500 AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, hokimiyat vakili ushbu masalalarni hal qilib berish bahonasida avval ham 3,5 mln soʻm olib, shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborganligi aniqlandi.

Boshqa holatda esa respublikamizda faoliyat yurituvchi xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Fargʻona bank xizmatlari markazi rahbari oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroning ishonchiga kiradi.

Mansabdor shaxs bankning bosh ofisidagi tanishlari orqali unga 2,5 mlrd soʻm miqdorida kredit ajratib berish evaziga kreditning 5 foizini, yaʼni 125 mln soʻm talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda bank mansabdori soʻralgan pul mablagʻi hisobidan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid