Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga borishi kutilyapti
Prezident Ostonada boʻlib oʻtadigan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashida ishtirok etadi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga borishi kutilyapti.
Prezident Ostonada boʻlib oʻtadigan Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi va Yevrosiyo iqtisodiy forumi yigʻilishida ishtirok etadi.
Ayni paytda Rossiya rahbari Vladimir Putin Qozogʻiston Respublikasida davlat tashrifi bilan boʻlib turibdi. U ham Ostonada boʻlib oʻtadigan tadbirlarda ishtirok etadi.
28 may kuni kechqurun Rossiya prezidenti Yevrosiyo iqtisodiy forumining yalpi majlisida nutq soʻzlaydi, 29 may kuni esa Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yigʻilishida ishtirok etadi.
Ushbu yigʻilishda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi faoliyati bilan bogʻliq dolzarb masalalar koʻrib chiqiladi va integratsiya jarayonlarini yanada chuqurlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar bayon etiladi.
