platina.uz
Jamiyat

Toshkentda soliq inspeksiyasining ikki vakili ushlandi

Ular savdo cheki berilmagani holati yuzasidan pora olgan. 

Toshkentda soliq inspeksiyasining ikki vakili ushlandi

Soliq inspeksiyasida korrupsiya holati aniqlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi. Unda soliq inspeksiyasi xodimlarining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

Xususan, Bektemir tumani soliq inspeksiyasining shoʻʼba boshligʻi mahalliy tadbirkorga tegishli doʻkonda xaridorga savdo cheki berilmaganligi holati boʻyicha ariza kelib tushganligidan xabardor boʻlib, xizmat mavqeidan foydalangan holda ushbu murojaat boʻyicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va sudga taqdim etmaslik evaziga 4 mln soʻm miqdorida pora talab qilgan.

U mazkur pul mablagʻini soliq inspeksiyasi inspektori orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida joriy yilning aprel oyida mazkur inspektor aynan mana shu doʻkonda boshqa bir mijozga savdo cheki berilmaganligi holati boʻyicha kelib tushgan murojaatni koʻrmasdan qoldirish evaziga 1,5 mln soʻm olganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu soliq xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid