platina.uz
Jamiyat

Oʻqituvchi ortida davlat turibdi

Ustozlar himoyasi boʻyicha amaliy qadamlar tashlana boshlandi. Ularning harakatlari dars intizomi va pedagogik faoliyatni himoya qilish doirasida baholanmoqda.

Oʻqituvchi ortida davlat turibdi

19 may kuni Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 275-maktabda informatika fani oʻqituvchisi darsda toʻpolon qilib, boshqalarga kun bermagan 9-sinf oʻquvchisini urgani koʻplab muhokamalarga sabab boʻlgan.

Avvaliga oʻqituvchiga nisbatan jinoiy ish ochilgandi, ammo keyinroq ushbu ish tugatildi. Rasmiy tekshiruv natijalari voqeaning toʻliq manzarasini ochib berdi: oʻqituvchi oʻquv jarayonini va oʻz shaʼnini himoya qilish doirasida harakat qilgan.

Voqea dars jarayonida sodir boʻlgan. Oʻquvchilar oʻqituvchining talablariga rioya qilmagan, dars jarayoniga xalal bergan va hurmatsizlik qilgan. Natijada nizo kelib chiqqan.

Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB tergov boʻlimi tomonidan olib borilgan ish natijasida oʻqituvchi aybsiz deb topildi. Uning harakatlari dars intizomi va pedagogik faoliyatni himoya qilish doirasida baholandi.

Maʼlum qilinishicha, farzand tarbiyasida kamchilikka yoʻl qoʻygan ota-onalarga nisbatan javobgarlik choralari koʻriladi.

Shu bilan birga, oʻquvchilarning ota-onalariga nisbatan ham masʼuliyat masalasi koʻtarildi. Tekshiruv davomida bolalarning maktabdagi xulq-atvori, oʻqituvchiga boʻlgan munosabati va ularning tarbiyasidagi kamchiliklar aniqlandi.

Jumladan, oʻtgan davr mobaynida oʻquvchilar oʻzlarining betarbiyaligi, darslarni besabab qoldirishi, darslardan qochib ketishi hamda dars mashgʻulotlariga xalaqit berib, oʻqituvchilarga bepisand munosabatda boʻlishgani yuzasidan maktab maʼmuriyati oʻquvchilarni bir necha marotaba ogʻzaki ogohlantirgan.

Biroq oʻquvchilar bu ogohlantirishlardan tegishli xulosa chiqarmagan va nooʻrin harakatlarini davom ettirgan. Natijada 2025 yil fevral va may oylarida ularning ota-onalari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan edi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid