platina.uz
Jamiyat

Iyun oyi uchun ehtimoliy ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

Joriy yilda yoz beqaror va oʻrtacha iliq ob-havo bilan boshlanadi. 1-3 iyun kunlari respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 

Iyun oyi uchun ehtimoliy ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

Gidrometeorologiyaxizmati iyun oyi ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.

Joriy yilda yoz beqaror va oʻrtacha iliq ob-havo bilan boshlanadi. 1-3 iyun kunlari respublikaning ayrim joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat asosan kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 30-35 daraja boʻladi.

Keyinchalik oy oxirigacha harorat asosan kechalari 18-23 daraja boʻladi, kunduz kunlari 29-34 darajadan 34-39 darajagacha oʻzgarib turadi, shimolda, janubda va choʻl hududlarda ayrim kunlarda 40-42 darajagacha boʻladi.

Oyning birinchi yarmida ayrim kunlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Bu yilgi yoz qanday boʻladi? U ekstremal issiq boʻladimi? Bu savol oson emas.

Amerika iqlim prognozlari markazining soʻnggi byulleteniga koʻra, 2026 yil may oyida El-Nino hodisasi boshlanishining birinchi aniq belgilari (Tinch okeanida suv haroratining keskin koʻtarilishi) qayd etildi, bu esa sayyoramizda global havo haroratining keyingi oshishiga sabab boʻladi.

Hozirgi vaqtda barcha iqlim tizimi neytral deb hisoblanadi, ammo okeandagi suv harorati juda yuqori tezlikda koʻtarilmoqda. Bu dunyoning yetakchi mavsumiy prognozlash markazlari tomonidan 2026 yil yozi issiq boʻlishi prognozlari bilan bogʻliqdir.

Bu Oʻzbekiston uchun nimani anglatadi?

Oʻzbekistonda yoz anʼanaviy ravishda quruq va issiq boʻladi – bu Oʻrta Osiyo iqlimining oʻziga xos xususiyatidir. Bundan tashqari, soʻnggi 15 yil davomida yoz fasllari oʻrtacha harorati koʻtarilishining barqaror tendensiyasi kuzatilmoqda.

Jahon prognoz markazlari hisob-kitoblariga asoslangan holda "Oʻzgidromet"ning dastlabki baholashiga koʻra, joriy yilda yozning oʻrtacha harorati meʼyordan biroz yuqori boʻlishi mumkin.

Yozgi mavsum davomida ekstremal qiymatlarga yaqin boʻlgan juda issiq ob-havo davrlari boʻlishi kutilmoqda. Yoz oʻrtalarida eng issiq kunlarda havo harorati 42-44 darajagacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 45-47 darajagacha koʻtarilishi mumkin.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid