platina.uz
Jamiyat

Giyohvand moddalar savdosida ayblangan shaxs AQShdan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi

37 yoshli fuqaro Nyu-Yorkda hibsga olingan. 

Giyohvand moddalar savdosida ayblangan shaxs AQShdan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 2023 yildan beri qidiruvda boʻlgan fuqaro AQShdan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, 37 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi Nyu-Yorkda hibsga olingan.
2023 yilda Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi - giyohvand moddalar, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni sotish niyatida boʻlmagan holda noqonuniy ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash va boshqa harakatlar bilan bogʻliq jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, qidiruvda boʻlgan.

Hibsga olinganidan soʻng, fuqaro belgilangan tartibda Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid