Ahmadbek Yusupov Oliy attestatsiya komissiyasi raisi lavozimidan ozod etildi
Prezident huzuridagi taqdimotda ushbu komissiya Fanlar akademiyasi tizimiga oʻtkazishi belgilangandi.

Hukumat qarori bilan Ahmadbek Tadjiyevich Yusupov Oliy attestatsiya komissiyasi raisi lavozimidan ozod etildi.
Yusupov OAK raisi lavozimida 2015 yil 11 noyabrdan buyon ishlab kelayotgan edi.
Aprel oyi boshida Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov OAK faoliyatini tanqid qilgan, komissiya uning fikrlariga raddiya bergandi.
25 may kuni Shavkat Ayupov oʻz takliflarini davlat rahbari huzurida taqdimot qildi. Yigʻilishda Oliy attestatsiya komissiyasini Oliy taʼlim vazirligidan Fanlar akademiyasi tizimiga oʻtkazishi belgilandi.
