Tailand Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qiladi
15 iyuldan kirish uchun Tailand elektron viza tizimi orqali onlayn ariza topshirish kerak boʻladi.

Tailand bilan amaldagi vizasiz rejim bekor qilinadi.
Oʻzbekiston fuqarolari 2026 yil 15 iyuldan boshlab Tailandga kirish uchun vizaga ega boʻlishlari kerak boʻladi.
Tailand hukumati vizasiz kirish tartibi va kelish vaqtida viza (VOA) tizimiga kiritilgan oʻzgartirishlarni maʼqulladi. Yangi qoidalarga koʻra, Oʻzbekistonni ham oʻz ichiga olgan 93 mamlakat fuqarolari uchun 60 kunlik vizasiz rejim bekor qilinadi.
Qaror davlat Royal Gazette gazetasida rasmiy eʼlon qilinganidan 15 kun oʻtgach kuchga kiradi.
Yangi tartib boʻyicha, Oʻzbekiston fuqarolari endi Tailandga vizasiz kira olmaydilar. Kirish uchun ular Tailand elektron viza tizimi orqali onlayn ariza topshirishlari kerak boʻladi.
