Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti va bosh vaziriga hamdardlik bildirdi
Kvetta shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida salkam ellik kishi vafot etdi.

Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokistonning Kvetta shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida koʻplab insonlarning halok boʻlgani va jarohat olgani munosabati bilan Prezident Asif Ali Zardoriy va Bosh vazir Shahboz Sharifga taʼziya yoʻlladi.
Davlat rahbari marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.
Eslatib oʻtamiz, hududdagi poyezd halokati sabab 47 kishi halok boʻldi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisiga ham taʼziya yoʻllagandi.
