Qurbon hayiti namozi oʻqilish vaqtlari maʼlum boʻldi
Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jome masjidlarda 2026 yil 27 may chorshanba kuni Qurbon hayiti namozi oʻqiladi. Unga koʻra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da hayit namozi oʻqiladi.
Respublika hududlarida Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlarda ado etiladi:
- Andijon 05:05
- Namangan 05:05
- Fargʻona 05:05
- Toshkent sh. 05:10
- Toshkent v. 05:10
- Sirdaryo 05:20
- Jizzax 05:20
- Samarqand 05:30
- Surxondaryo 05:30
- Qashqadaryo 05:35
- Navoiy 05:35
- Buxoro 05:35
- Xorazm 05:50
- Qoraqalpogʻiston Res. 05:55
Yuqorida koʻrsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.
