platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston Afgʻonistonga insonparvarlik yordami joʻnatdi

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, oʻsimlik yogʻi, noʻxot, tez tayyorlanadigan taomlar oʻrin olgan. 

Oʻzbekiston Afgʻonistonga insonparvarlik yordami joʻnatdi

Afgʻonistonga Oʻzbekiston xalqining insonparvarlik yordami yetkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlari bilan xalqimizning bagʻrikenglik va qoʻllab-quvvatlash ramzi sifatida "Qurbon hayiti" (Eyd al-Adha) munosabati bilan va Afgʻonistonning sel-suv toshqinlaridan jabr koʻrgan aholisiga koʻmak koʻrsatish maqsadida 200 tonnaga yaqin oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yordami yuklari Balx viloyatiga yetkazildi.

Insonparvarlik yuklari Hayraton shahridagi "Astras" kompaniyasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatorining oʻrinbosari Nurulhodi Abuidris, shuningdek, ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirildi.

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, oʻsimlik yogʻi, noʻxot, tez tayyorlanadigan taomlar oʻrin olgan.

Afgʻoniston rasmiylari Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga koʻrsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yoʻllashdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid