platina.uz
Jamiyat

IIB Tezkor qidiruv xizmati tezkor vakili ushlandi

U taqiqlangan materiallar boʻyicha ishni ijobiy hal qilib berish evaziga vositachidan 2,5 mln soʻm olgan. 

IIB Tezkor qidiruv xizmati tezkor vakili ushlandi

Tekshiruvni “bosdi-bosdi” qilishni vaʼda bergan IIB xodimining noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda korrupsiya bilan bogʻliq holat fosh etildi.

Xususan, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi, 1983 y.t. ayol va uning 2009 y.t. qizini telefonlarida diniy mazmundagi taʼqiqlangan materiallar aniqlanganligi holati yuzasidan viloyat IIB tomonidan oʻtkazilayotgan tekshiruv harakatlarini tanishlari orqali ularning foydasiga hal qilib berish evaziga 3 mln soʻm olgan vaqtida mazkur tumanda istiqomat qiluvchi, 1978 y.t. shaxs ushlandi.

Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu masalani ijobiy hal qilib berish evaziga vositachidan 2,5 mln soʻm olgan vaqtida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati tezkor vakili ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda IIB xodimiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan, vositachilik qilgan shaxsga nisbatan esa JKning 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid