platina.uz
Jamiyat

Buxoroda tuman sogʻliqni saqlash boʻlimi rahbari qoʻlga olindi

U sogʻliqni saqlash boʻlimi hamda dori-darmon va tibbiy buyumlar ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi MChJ ishi doirasida ushlangan. 

Buxoroda tuman sogʻliqni saqlash boʻlimi rahbari qoʻlga olindi

Buxoroda tuman sogʻliqni saqlash boʻlimi rahbari pora bilan ushlandi.

Joriy yilda Buxoro viloyatidagi tumanlardan birining sogʻliqni saqlash boʻlimi hamda dori-darmon va tibbiy buyumlar ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi MChJ oʻrtasida 1 mlrd 2 mln soʻmlik shartnoma tuzilib, tibbiy buyumlar xarid qilingan.

Dastlab, umumiy summaning 30 foizi MChJ hisob raqamiga oʻtkazib berilgan. Ammo, tuman sogʻliqni saqlash boʻlimi mudiri qolgan 70 foiz mablagʻni koʻchirib berish hamda kelgusidagi xaridlarni ham ushbu MChJ orqali amalga oshirish evaziga yuqoridagi shartnomada koʻrsatilgan mahsulotlar umumiy qiymatining 15 foizini, yaʼni 150 mln soʻm miqdorida “ulush” talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs soʻralgan pul mablagʻi hisobidan 11800 AQSh dollarini oʻzining turmush oʻrtogʻi orqali olgan vaqtida uning noqonuniy harakati fosh boʻldi.

Shuningdek, u joriy yilda tumandagi oilaviy poliklinikalar xodimlari uchun yarmini qaytarish sharti bilan jami 448 mln soʻm miqdorida ragʻbatlantirish mablagʻlari ajratib, ushbu summaning 92 mln soʻm qismini qayta yigʻib olganligi ham aniqlandi.

Holat yuzasidan sogʻliqni saqlash boʻlimi boshligʻiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “b”, “v” bandlari va 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “g” bandi bilan, MChJ vakiliga esa 211-moddaning (pora berish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid