Andijonda qarzdorlikni "shishirib koʻrsatgan" elektromontyor ushlandi
U elektr energiyasidan 680 ming soʻmlik qarzdorlikni 34 mln soʻm deb yolgʻon koʻrsatib, 17 mln soʻm pora talab qilgan.

Andijonda 680 ming soʻmlik qarzdorlikni 34 mln soʻm deb koʻrsatgan elektromontyor ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Unda Qoʻrgʻontepa tumani “Soʻfi qishloq” - podstansiya navbatchi elektromontyori F.X. fuqaro F.D.ning Jalaquduq tumani, “Namuna” MFY hududidagi xonadonida elektr energiyasidan 680 ming soʻmlik qarzdorligini 34 mln soʻm deb yolgʻon koʻrsatib, 17 mln soʻm bersa ushbu qarzdorlikni yoʻq qilib berishini vaʼda qilib, 17 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
