Toshkentda oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlar boʻyicha nazorat tadbirlari oʻtkazildi
Eng koʻp huquqbuzarlik poytaxtning Sergeli, Olmazor, Yakkasaroy hamda Shayxontohur tumanlarida qayd etilgan.

Toshkentda oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlar boʻyicha nazorat tadbirlari oʻtkazildi.
Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2026-yil oʻtgan 4 oyi davomida oʻtkazilgan yer nazorat tadbirlari natijasida 997 ta (13,9 gektar) yerlar oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.
Eng koʻp huquqbuzarlik poytaxtimizning Sergeli, Olmazor, Yakkasaroy hamda Shayxontohur tumanlarida qayd etilgan.
Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 581 ta (5 gektar) yer qonun buzilish holati fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan.
Yer uchastkalarini qaytarish va ularda qurilgan imoratlarni bartaraf etish boʻyicha 243 ta (4,6 gektar) yer maydoni bilan bogʻliq holatlar yuzasidan sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan.
Huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari mavjud boʻlgan 4 ta ish hujjati oʻrnatilgan tartibga muvofiq prokuratura organlariga yuborilgan.
Yuqoridagi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan holatlar Oʻzbekiston Respublikasining 937-son Qonuni talablariga mutanosib boʻlmagani uchun ham ushbu joylarda yer va kadastr nazorati tadbirlari amalga oshirilgan.
