platina.uz
Jamiyat

Ertaga xizmat mashinasida ishga borganlar intizomiy jazoga tortilishi mumkin

Davlat tashkilotlari va idoralari xodimlari aksiya oʻtkaziladigan kunlarda xizmat avtotransport vositalaridan foydalanishi qatʼiyan taqiqlanadi.

Ertaga xizmat mashinasida ishga borganlar intizomiy jazoga tortilishi mumkin

Ertaga, 25 may kuni xizmat mashinasidan foydalangan davlat ishchilari odob-axloq (etika) qoidalarini buzgan deb topiladi va intizomiy jazoga tortilishi mumkin.

2026 yil 25 martdagi “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umumilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 46-sonli farmonga koʻra, 2026 yilning 1 may kunidan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari oʻtkaziladi.

Farmonga koʻra, davlat tashkilotlari va idoralari xodimlari tomonidan aksiya oʻtkaziladigan kunlarda xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi va ushbu sanalar ish kunlariga toʻgʻri kelganda haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.

Mazkur tashabbus avtomobillardan chiqadigan zararli gazlarni kamaytirish orqali aholi salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini qisqartirish va ekologik barqaror muhitni shakllantirish hamda jamoat transporti va ekologik toza transport vositalaridan foydalanish madaniyatini keng ommalashtirishga xizmat qiladi.

Maʼlumot uchun, 2025 yil 25 noyabrdagi “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-229-sonli farmonga asosan, Maxsus komissiyasiga transport vositalari harakatini cheklash boʻyicha vakolat berilgan. Maxsus komissiya tomonidan qabul qilingin qaror va koʻrsatmalar barcha davlat organlari va tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.

“Avtomobilsiz kun” aksiyasi doirasida vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, taʼlim muassasalari hamda keng jamoatchilikning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, mazkur kunlarda ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan targʻibot tadbirlari, ommaviy yurishlar va jamoatchilik aksiyalari tashkil etib kelinmoqda”, deyiladi Ekologiya qoʻmitasi axborotida.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid