Prezident milliy termani jahon chempionatiga kuzatishda ishtirok etadi
BAAning Hukumat ishlari boʻyicha vaziri qabuli ham rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev milliy termani jahon chempionatiga kuzatishda ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev "Sifatli davlat boshqaruvi" dasturining gʻoliblarini mukofotlash hamda Milliy kitobxonlik harakatiga start berish marosimlarida ishtirok etadi.
Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari boʻyicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi.
Kunning ikkinchi yarmida davlat rahbari futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga tantanali kuzatish marosimida ishtirok etadi.
