Ibrohimhalil Yoʻldoshev jahon chempionatini oʻtkazib yuboradi
Futbolchi mashgʻulotlar paytida oyogʻining toʻpiq qismida noqulaylik his qilgan.

Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Ibrohimhalil Yoʻldoshev JChda qatnasha olmaydi.
Futbolchi mashgʻulotlar paytida oyogʻining toʻpiq qismida noqulaylik his qilgan. Bu haqda OʻFA xabar berdi.
Dastlabki tibbiy diagnostik va klinik tekshiruv xulosalariga koʻra, himoyachimizning eski jarohati bezovta qilgan va uning tiklanishi uchun 1 oydan koʻproq vaqt talab etiladi. Shu sababli, Yoʻldoshev Jahon chempionatida ishtirok etolmasligi maʼlum boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Yoʻldoshev Fargʻonaning Neftchi klubi aʼzosi sanaladi. U terma safida 15dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.
