platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatida mahalla raisi va kadastr muhandisi ushlandi

Ular davlat zaxirasidagi 10 sotix yer maydonini xaridorga 20 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan. 

Toshkent viloyatida mahalla raisi va kadastr muhandisi ushlandi

Davlat zaxirasidagi yerni noqonuniy sotmoqchi boʻlganlar ushlandi.

Toshkent viloyati Parkent tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridan birining raisi va 1970 y.t. shaxs davlat zaxirasidagi 10 sotix yer maydonini xaridorga 20 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan. Ular Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali muhandisiga 2-3 ming dollar berish orqali yerning tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berishni aytishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda mahalla raisi, kadastr muhandisi hamda 1970 y.t. fuqaro 17 ming AQSh dollari va 37 mln soʻm olgan vaqtlarida ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid