platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahri uy-joy bozorida faollik pasaydi

Aprel oyida umumiy eʼlonlar soni 44,5 mingtani tashkil qilgan. Bu mart oyidagiga nisbatan 13,4 foizga kam, eʼlonlar sonida birlamchi bozor ulushi koʻpaydi. 

Toshkent shahri uy-joy bozorida faollik pasaydi

Toshkent uy-joy bozori tahlili eʼlon qilindi. Narxlar umumiy bozorda keskin oʻzgarmagan, biroq segmentlar kesimida farq kuchaymoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan 2026 yilning aprel oyida Toshkent shahridagi koʻp qavatli uy-joylar narxi va bozorning faolligi tahlil qilindi.

Aprel oyida uy-joy bozorida faollik pasaydi. Mazkur davrda umumiy eʼlonlar soni 44,5 mingtani tashkil qilgan. Bu mart oyidagiga nisbatan 13,4%ga, oʻtgan yilning mos davridagiga nisbatan 17,7%ga kam.

Eʼlonlar sonida birlamchi bozor ulushi ortib bormoqda.

Uy-joy eʼlonlari tarkibida birlamchi bozor ulushi 2024 yilning yanvar oyidagi 33,8% dan 47,6% gacha oshdi, ikkilamchi bozor ulushi esa 66,2% dan 52,4% gacha kamaydi.

Uy-joy bozorida 2–3 xonali segmentlarda narx nisbatan barqaror saqlanmoqda. Birlamchi bozorda 4+ xonali yuqori narx segmentida pasayish saqlanmoqda, ikkilamchi bozorda esa ushbu segmentda moʻtadil oʻsish qayd etildi.

Birlamchi bozorda narxlarning oʻzgarishi:

3 xonali — +1,8%

2 xonali — +0,7%

1 xonali — −1,6%

4+ xonali — −2,1%

Ikkilamchi bozorda narxlarning oʻzgarishi

1 xonali — +3,5%

2 xonali — +0,4%

3 xonali — +1,2%

4+ xonali — +0,6%

Markazga yaqin hududlarda toʻliq taʼmirlangan uylar narxi yuqoriligicha qolmoqda.

Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar boʻyicha 1 m² uchun oʻrtacha taklif narxlari tumanlar kesimida farqlanmoqda:

Mirobod, Yakkasaroy, Mirzo Ulugʻbek: $1413 -$2121,

Shayxontohur, Yunusobod, Chilonzor, Yashnabod: $1195-$1797,

Uchtepa, Olmozor, Sirgʻali: $900-$1367.

Toʻliq taʼmirlangan xonadonlarning hududlar oʻrtasidagi narx tafovuti birlamchi bozorda 2 barobardan oshdi.

4 xonali toʻliq taʼmirlangan xonadonlarda:

Birlamchi bozor:

Mirobod — $2 117/m²

Sirgʻali — $922/m²

2,3 baravar tafovut

Ikkilamchi bozor:

Mirobod — $1 677/m²

Sirgʻali — $900/m²

1,9 baravar tafovut

Yashnoboddagi oʻsish va “Yangi Toshkent” omili.

Yashnobod tumanida kuzatilayotgan narx oʻsishiga qurilish faolligi, infratuzilma rivoji hamda “Yangi Toshkent” loyihasi bilan bogʻliq kutilmalar taʼsir qilayotgan boʻlishi mumkin.

Naqdsiz oldi-sotdi tartibining joriy etilishi dastlabki oyda narxlarda keskin oʻzgarish keltirib chiqarmadi. Yakuniy taʼsirni baholash uchun 2026 yilning 2–3-choraklaridagi dinamika muhim boʻladi.

Xulosa: Markazga yaqin hududlarda narx darajasi yuqoriligicha qolmoqda, Yashnobodda esa infratuzilma va “Yangi Toshkent” omili oʻsish kutilmalarini qoʻllab-quvvatlamoqda. Shu bilan birga, 4+ xonali yuqori narx segmentidagi pasayish riskini alohida baholash zarur.

Tahlillar OLX.UZ ochiq eʼlonlari asosida tayyorlangan boʻlib, undagi narxlar taklif narxlarini aks ettiradi; yakuniy bitim narxlari bundan farq qilishi mumkin.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid