platina.uz
Siyosat

Prezident Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Tomonlar kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, raqamlashtirish va sunʼiy intellektni rivojlantirish, kadrlar malakasi, yoshlar hamda “yashil” kun tartibini ilgari surish kabilarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini taʼkidladilar. 

Prezident Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Feridun Sinirlioʻgʻluni qabul qildi.

Uchrashuvda YeXHT bilan iqtisodiy-ekologik, siyosiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ochiq va konstruktiv muloqot yuksak darajaga chiqqani, Oʻzbekistonning YeXHT va uning tizimidagi institutlar bilan hamkorligi izchil mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tashkilot rahbariyati Oʻzbekistonga tashriflarni muntazam amalga oshirmoqda, YeXHT DIIHB missiyalari mamlakatimizda saylov jarayonlarini monitoring qilishda faol ishtirok etmoqda.

Transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish, sud-huquq tizimini isloh qilish, gender tenglikni ilgari surish, inson huquqlarini himoya qilish va ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish sohalarida amalga oshirilayotgan qoʻshma loyihalarning natijalari alohida qayd etildi.

Tomonlar kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, raqamlashtirish va sunʼiy intellektni rivojlantirish, kadrlar malakasini oshirish, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda “yashil” kun tartibini ilgari surish kabi ustuvor yoʻnalishlarda ham hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini taʼkidladilar.

Hamkorlik boʻyicha yangi “yoʻl xaritasi”ni tayyorlab, Oʻzbekistonda va YeXHT doirasida bir qator qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid