Manba: Oliy rahbar boyitilgan uranni Erondan chiqarmaslikka koʻrsatma berdi
Bu AQSh kelishuvlardagi asosiy masala hisoblanadi. Avval Eron uranni Rossiya joʻnatishga tayyorligi aytilgandi.

Eron oliy rahbari Mojtaba Xomanaiy boyitilgan uranni chet elga yubormaslik haqida koʻrsatma berdi. Bu haqda Reuters manbalarga tayanib xabar berdi.
"Oliy Rahbarning koʻrsatmasi va hokimiyat ichidagi kelishuvga koʻra, boyitilgan uran zaxiralari mamlakatdan chiqib ketmasligi kerak", dedi manbalardan biri agentlikka.
Manbalarga koʻra, Eronning yuqori lavozimli rasmiylari ushbu materialni chet elga yuborish mamlakatni AQSh va Isroilning kelajakdagi hujumlariga nisbatan zaifroq qiladi, deb hisoblashadi.
Isroil rasmiylari Reuters agentligiga Tramp Isroil hukumatiga yadroviy qurol yaratish uchun zarur boʻlgan yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralari Islom Respublikasidan olib tashlanishiga va har qanday tinchlik shartnomasida bunday band boʻlishi kerakligiga ishontirganini aytishdi.
Avvalroq Al-Arabiya telekanali Eron hujjatlari oshkor qilinganidan soʻng, Tehron Qoʻshma Shtatlarning uzoq muddatli sulh tuzish boʻyicha yangi taklifiga javobini yetkazganini xabar qilgan edi.
Eronning shartlari boyitilgan uranni AQShga emas, balki Rossiyaga topshirishga tayyorlikni oʻz ichiga oladi.
Tehron shuningdek, yadroviy dasturini toʻliq demontaj qilish oʻrniga, uni uzoq muddatli muzlatishga rozi boʻlishga tayyor.
Bundan tashqari, Eron Vashingtondan iqtisodiy imtiyozlar evaziga AQSh-Isroil hujumlari uchun kompensatsiya talablaridan voz kechishga rozi boʻldi.
