Bugun U-17 jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi qurʼaning 2-savatchasidan oʻrin oldi.

Bugun 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionatiga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtadi. Tadbir Syurix shahrida Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi qurʼaning 2-savatchasidan oʻrin oldi.
Musobaqa 2026 yilning 19 noyabridan 13 dekabrigacha Qatar maydonlarida boʻlib oʻtadi.
Unda 48 ta terma jamoa 12 guruhga boʻlingan holda Jahon chempionligi uchun kurash olib boradi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston U-17 yarim finalda Yaponiyadan penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgandi.
