Ayrim huquqbuzarliklar qoʻriqlash xizmatlari mansabdorlari tomonidan koʻrib chiqiladi
Ular orasida voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish, maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish va boshqalar bor.

Ayrim maʼmuriy huquqbuzarliklarga oid ishlar Ichki ishlar vazirligi huzuridagi qoʻriqlash xizmati mansabdor shaxslari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Qonun (OʻRQ–1146-son, 19.05.2026 y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Quyidagi maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlar ichki ishlar organlari huzuridagi qoʻriqlash xizmatlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi:
- jamoat joylarida tamaki va alkogol mahsulotini isteʼmol qilish;
- belgilanmagan joylarga chiqindilarni tashlash va toʻkish;
- voyaga yetmagan shaxsni gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish;
- maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish va boshqalar.
Quyidagilar ichki ishlar organlari huzuridagi qoʻriqlash xizmatlarining (boʻlinmalarining) mansabdor shaxslari tomonidan koʻrib chiqiladi:
-oz miqdorda talon-taroj qilish;
-mayda bezorilik;
-diniy materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish;
-quroldan belgilangan tartibni buzgan holda foydalanish;
-sovuq qurolni olib olib yurish;
-voyaga yetmagan shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish va boshqalar.
