Qurbon hayitida ketma-ket 5 kun dam beriladi
Bayram 2026 yil 27 may, chorshanba kuniga toʻgʻri kelishi kutilyapti. 1 iyundan yana ish kunlari boshlanadi.

2026 yil Qurbon hayitida oʻzbekistonliklar ketma-ket besh kun dam oladi.
2026 yilda Qurbon hayiti 27 may, chorshanba kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. Prezident farmonida belgilangan sanalarga koʻra, hayit munosabati bilan oʻzbekistonliklar 5 kun dam oladi.
Unga koʻra, 28−29 may (payshanba-juma) kunlari barcha uchun qoʻshimcha dam olish kunlari, 30 may, shanba kuni esa 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilangan.
Shu tariqa ish haftasi turidan qatʼi nazar barcha ketma-ket 5 kun dam oladi:
27 may, chorshanba — Qurbon hayiti (boʻlishi kutilmoqda);
28 may, payshanba — barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
29 may, juma — barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
30 may, shanba — haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun odatiy dam olish kuni;
31 may, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni.
1 iyundan yana ish kunlari boshlanadi.
