platina.uz
Sport

"Arsenal" muddatidan avval Angliya chempioniga aylandi

Londonliklarning eng yaqin taʼqibchisi “Manchester Siti” APLning 37-tur bahsida “Bornmut” bilan durang qayd etdi. 

"Arsenal" muddatidan avval Angliya chempioniga aylandi

Londonning "Arsenal" klubi muddatidan avval Angliya chempioniga aylandi.

Klubning yaqin taʼqibchisi “Manchester Siti” APLning 37-tur bahsida “Bornmut” bilan durang qayd etgani (1:1) sabab endi ular “Arsenal”ga yeta olishmaydi. “Toʻpchilar” 82 ochko bilan muddatidan avval APL gʻolibiga aylanishdi.

“Arsenal” oxirgi marta 2003/04 mavsumda Angliya chempionatida tengsiz boʻlgan edi.

Oʻzbekistonlik Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan birga APL kumush medallariga ega chiqdi.

"Arsenal" shuningdek, YeChLda gʻalaba qozonish imkoniyatini ham saqlab turibdi, jamoa 30 may kuni PSJga qarshi finalda oʻynaydi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid