Zoyir Mirzayev Nurafshon shahar hokimini jazoladi
Ilhom Qilichxonov oʻziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan deb topildi.

Zoyir Mirzayev Nurafshon shahar hokimini jazoladi.
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning 2026 yil 19 maydagi farmoyishi bilan Nurafshon shahar hokimi Ilhom Qilichxonovga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.
Bunga Prezidentning 2024 yil 25 iyundagi "Mahallalarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 234-sonli qarori talablari ijrosini oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishini nazoratga olmaganlik va oʻziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganlik sabab boʻlgan.
Mehnat kodeksining 312-moddasi hamda Ilhom Qilichxonovning tushuntirish xatiga asosan, Nurafshon shahar hokimiga nisbatan oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi belgilandi.
Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari A.Akramov zimmasiga yuklatilgan.
