platina.uz
Jamiyat

Xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi tashkil etiladi

Navoiy nomidagi xalqaro olimpiada har yili oktabr oyigacha 2 bosqichda (test topshiriqlari va yozma ish shaklida) oʻtkaziladi. 

Xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi tashkil etiladi

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi tashkil etiladi.

Hukumat qarori (250-son, 18.05.2026 y.) bilan “Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Nizomga koʻra, xalqaro olimpiadada 14-18 yoshdagi chet elda istiqomat qiluvchi vatandosh boʻlgan maktab oʻquvchilari yakka yoki jamoaviy tarzda ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi.

Xalqaro olimpiada har yili oktabr oyigacha 2 bosqichda (test topshiriqlari va yozma ish shaklida) oʻtkaziladi.

Ishtirokchilar jamoaviy yoki yakka tartibda offlayn va onlayn shaklda ishtirok etishlari mumkin.

Xorijiy davlat terma jamoalari tarkibi 6 nafargacha ishtirokchi va 1 nafar jamoa rahbaridan iborat boʻladi.​

Ishtirokchilar yakka tartibda yoki terma jamoa sifatida, oʻz xohishlariga koʻra (ixtiyoriy) qatnashadilar.

1 ta davlatdan 3 tagacha terma jamoa ishtirok etishiga ruxsat beriladi.

1-bosqichda (test) ishtirokchilar umumiy 50 ball bilan baholanadigan 30 ta test topshiriqlarini bajaradilar.

2-bosqichda (yozma ish) ishtirokchilar Hakamlar hayʼati tomonidan taqdim etilgan 5 tagacha yozma ish (esse) mavzulari orasidan qurʼa tashlash yoʻli bilan tanlangan 1 ta mavzu asosida ijodiy ish yozadilar. Agar umumiy ballar teng kelib qolsa, ustunlik ikkinchi bosqichda (yozma ishda) koʻproq ball olgan ishtirokchiga beriladi. Bu yerda ham ballar teng boʻlsa, testdagi qiyinlik darajasi yuqori boʻlgan savollar natijasiga qaraladi, zarurat tugʻilganda esa qoʻshimcha test savollari beriladi.

Tashqi ishlar vazirligi ishtirok etuvchi vatandoshlar uchun Oʻzbekistonga kirish vizalari va konsullik yigʻimlarini undirmasdan, zaruratga koʻra vizalarni Islom Karimov nomidagi "Toshkent" xalqaro aeroportining oʻzida bepul rasmiylashtirilishini taʼminlaydi.

Olimpiada gʻolib va sovrindorlari oltin, kumush, bronza medallari, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid