Rossiya yadroviy qurollarni qoʻllash boʻyicha mashqlar oʻtkazadi
Mashqlarda 64 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar va 7800 dan ortiq texnika, 200 dan ortiq raketa uchirish moslamalari, suv osti kemalari ishtirok etadi.

Rossiya yadroviy qurollarni qoʻllash boʻyicha mashqlar oʻtkazadi.
19-21 may kunlari Rossiya Qurolli Kuchlari "tajovuz tahdidi ostida yadroviy kuchlarni tayyorlash va ulardan foydalanish boʻyicha" mashq oʻtkazadi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berishicha, unda Strategik Raketa Kuchlari va uzoq masofali aviatsiya ishtirok etadi.
"2026 yil 19-21 may kunlari Rossiya Qurolli Kuchlari tajovuz tahdidi ostida yadroviy kuchlarni tayyorlash va ulardan foydalanish boʻyicha mashq oʻtkazadi", deyiladi bayonotda.
Mashgʻulotlarda Strategik Raketa Kuchlari, Shimoliy va Tinch okeani flotlari, Uzoq masofali aviatsiya qoʻmondonligi va Leningrad va Markaziy harbiy okruglarining baʼzi kuchlari ishtirok etadi.
Mashqlarda 64 000 dan ortiq harbiy xizmatchilar va 7800 dan ortiq texnika, jumladan, 200 dan ortiq raketa uchirish moslamalari, 140 dan ortiq samolyotlar, 73 ta yer usti kemalari va 13 ta suv osti kemalari ishtirok etadi.
Mashqlar, shuningdek, Belarus Respublikasi hududida joylashtirilgan yadroviy qurollarni birgalikda oʻqitish va ulardan foydalanishni mashq qilishni ham oʻz ichiga oladi.
Mazkur xabarlar fonida Ukraina oʻz ittifoqchilarini Rossiyaga bosimni oshirishga chaqirdi.
