Oʻzbekiston U-17 soʻnggi soniyalarda finalni qoʻldan chiqardi
Osiyo kubogi yarim finalida terma jamoa Yaponiyaga qarshi penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi yarim finalida Yaponiyaga qarshi maydonga tushdi.
Oʻyinda oxirigacha hisobda oldinda borgan jamoa soʻnggi soniyalarda gol oʻtkazib yubordi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida yaponlar Ravshanbekovga qoʻpollik ishlatdi. Penaltini Asilbek Aliyev samarali ijro etdi.
Birinchi boʻlimning qolgan daqiqalarida gol kiritilmadi. Ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarga Yaponiya hisobni tenglashtirdi.
Penaltilar seriyasi esa omadsiz boshlandi. Oxir-oqibat Oʻzbekiston 3:2 hisobida magʻlub boʻldi.
