Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga oʻrinbosar tayinlandi
Ibrohim Ergashev avval Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori sifatida ishlagan.

Ibrohim Ergashev Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari tayinlandi.
Prezidentning qarori bilan Ergashev Ibrohim Kenjabayevich Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori (2021 yildan) lavozimida ishlab kelgan.
Ibrohim Ergashev avval "Oʻzekspomarkaz" Milliy koʻrgazmalar majmui boshqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan.
2014—2016 yillarda Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ham ishlagan. 2017 yildan oʻsimliklar karantini tizimiga oʻtgan.
