Londonda tarixiy kun: Oʻzbekiston aktivlari jahon kapital bozorining markaziga chiqmoqda
Mazkur tadbirda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ishtirok etishi kutilmoqda.

Bugun, 18 may kuni ilk bor Oʻzbekistonning eng yirik davlat aktivlari London fond birjasida global investorlar savdosiga chiqadi. Mazkur tadbirda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ishtirok etishi kutilmoqda.
Jamgʻarmaning London birjasiga chiqishi Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yurtimizdagi keng koʻlamli iqtisodiy islohotlar, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini kengaytirish hamda investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash borasidagi saʼy-harakatlarining amaliy ifodasidir.
Energetika, aviatsiya, telekommunikatsiya, transport va bank tizimidagi strategik kompaniyalarni jamlagan Oʻzbekiston Milliy investitsiya jamgʻarmasi (UzNIF) orqali mamlakat jahon kapital bozorining markaziga kirib bormoqda.
Bugundan boshlab xalqaro kapital bozorida Oʻzbekiston aktivlarining strategik va faol savdolari boshlanadi. Biz nafaqat yirik moliyaviy jarayonning, balki milliy iqtisodiyotimiz global moliya tizimi bilan uzviy integratsiyalashayotgan tarixiy kunning guvohi boʻlmoqdamiz.
