platina.uz
Jamiyat

Andijonda “Energosavdo” yuriskonsulti qoʻlga olindi

U elektr energiyasidan notoʻgʻri foydalanish boʻyicha hisoblangan moddiy zararni bartaraf etib berish evaziga pora soʻragan. 

Andijonda “Energosavdo” yuriskonsulti qoʻlga olindi

“Energosavdo” yuriskonsultiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” filiali Andijon boʻlinmasi yetakchi yuriskonsulti pishloq ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi MChJga nisbatan rasmiylashtirilgan dalolatnomaga koʻra, elektr energiyasidan notoʻgʻri foydalanish boʻyicha hisoblangan 788,4 mln soʻmlik moddiy zararni bartaraf etib berish evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilgan.

Joriy yilning 1 may kuni u soʻralgan pul mablagʻidan 500 AQSh dollarini olgan.

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 4500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda yuriskonsultga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid