platina.uz
Davlat xaridlari

23 mlrd soʻmdan ortiq miqdordagi davlat xaridlarida qonun buzilishi aniqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan jami 6,7 mlrd soʻmga yaqin boʻlgan 10 ta tanlov savdolarida raqobatni cheklaydigan holatlar aniqlandi. 

23 mlrd soʻmdan ortiq miqdordagi davlat xaridlarida qonun buzilishi aniqlandi

Qiymati 23 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli choralar koʻrildi.

Raqobat qoʻmitasi tomonidan davlat xaridlarida shaffoflik va adolatli raqobatni taʼminlash maqsadida xarid jarayonlari doimiy oʻrganilib, tahlillar natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari bartaraf etib borilmoqda.

Olib borilgan oʻrganishlar natijasida:

- Yoshlar ishlari agentligi tomonidan oʻtkazilgan jami qiymati 9,1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan 6 ta;

- Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan oʻtkazilgan jami qiymati 8 mlrd soʻmga yaqin boʻlgan 6 ta;

-Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkazilgan jami 6,7 mlrd soʻmga yaqin boʻlgan 10 ta tanlov savdolarida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, yaʼni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlar aniqlangan.

Yuqoridagilarga koʻra, Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan bajarilishi majburiy koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, buyurtmachi tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari belgilanib, tegishli sud organlariga maʼlumotlar yuborildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid