"Manchester Siti" Angliya kubogi sohibiga aylandi
Abduqodir Husanov Angliyadagi ikkinchi sovrinini qoʻlga kiritdi.

"Manchester Siti" Angliya kubogi sohibiga aylandi.
Angliya kubogi fnali doirasida Londonning "Chelsi" klubi "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
Murosasiz kechgan uchrashuvda kiritilgan yagona golga Antuan Semeno mualliflik qildi va jamoasi finalda gʻalaba qozonishiga oʻz hissasini qoʻshdi.
Ushbu oʻyinda Oʻzbekiston MTJ himoyachisi Abduqodir Husanov "Manchester Siti" tarkibida toʻliq harakat qildi. Tarixda ilk bor Husanov Angliya kubogini qoʻlga kiritgan oʻzbek futbolchisi boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Abduqodir Husanov bundan avval Angliya Liga kubogini qoʻlga kiritgandi.
