AQSh va Isroil Eronga hujumni qaytadan boshlaydi — The New York Times
Yana bir ssenariy yadroviy materiallarni qidirish uchun maxsus kuchlar boʻlinmalarini yuborishni oʻz ichiga oladi.

AQSh va Isroil Eron hududiga zarbalarni qayta boshlashga faol tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu haqda The New York Times Yaqin Sharq manbalariga asoslanib xabar berdi.
Ularning soʻzlariga koʻra, hujumlar kelasi haftada qayta boshlanishi mumkin.
Gazetaning yozishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoyga tashrifidan soʻng, uning eng yaqin ittifoqchilari Eronga zarbalarni qayta tiklash rejasini ishlab chiqdilar.
NYT manbalariga koʻra, agar zarbalarni qayta boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, Eron harbiy inshootlari va infratuzilmasini bombardimon qilish yanada tajovuzkor boʻladi.
Yana bir ssenariy yadroviy materiallarni qidirish uchun maxsus kuchlar boʻlinmalarini yuborishni oʻz ichiga oladi.
Shuningdek, Tramp Eronning 14 bandlik tinchlik rejasini rad etgani maʼlum boʻldi.
