platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Turkiston shahrida Sadir Japarov bilan uchrashdi

Energetika va transport sohalaridagi yirik loyihalarni,  “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini jadallashtirish choralari muhokama qilindi. 

Shavkat Mirziyoyev Turkiston shahrida Sadir Japarov bilan uchrashdi

Turkiston shahrida boʻlib oʻtayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Samimiy muloqotda Oʻzbekiston – Qirgʻiziston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzaro savdo hajmi jadal oʻsib, sanoat, qishloq, suv xoʻjaligi va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Madaniy-gumanitar almashinuvlar kengayib bormoqda.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari, energetika va transport sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan, “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini jadallashtirish choralari muhokama qilindi.

Shuningdek, yetakchilar mintaqaviy kun tartibining muhim jihatlari yuzasidan fikr almashdilar va boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid