platina.uz
Siyosat

Prezident Turkiston shahrida Oʻzbekiston tomonidan bunyod etilgan masjid bilan tanishdi

Majmuaning umumiy maydoni 7 gektardan ziyodni tashkil etadi, unda 5 mingdan ortiq kishi namoz oʻqishi mumkin. 

Prezident Turkiston shahrida Oʻzbekiston tomonidan bunyod etilgan masjid bilan tanishdi

Amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev bilan birgalikda Turkiston shahrida Oʻzbekiston tomonidan bunyod etilgan masjid bilan tanishdilar.

Majmuaning umumiy maydoni 7 gektardan ziyodni tashkil etadi, unda 5 mingdan ortiq kishi namoz oʻqishi mumkin. Muhtasham ansambl toʻrtta 70 metrlik minora hamda asosiy zal va anʼanaviy ayvonlarni oʻz ichiga olgan uch qavatli bosh binodan iborat.

Islom va Sharq meʼmorchiligining eng yaxshi anʼanalariga muvofiq barpo etilgan jome masjidida milliy naqshlar, sharqona gumbazlar, baland minoralar hamda zamonaviy qurilish texnologiyalari uygʻun qiyofa kasb etgan. Masjidning ichki bezagida islom xattotlik va naqqoshlik sanʼati namunalaridan keng foydalanilgan.

Atrofdagi 4,2 gektar maydonni obodonlashtirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu yerda yashil maydonlar, yoʻlaklar, dam olish joylari, yoritish tizimlari, manzarali qurilmalar va favvoralar barpo etilmoqda.

Oʻzbekiston tomonidan qardosh Qozogʻiston xalqi hamda Turkiston aholisiga tuhfa sifatida qurib bitkazilgan ushbu muhtasham majmua ikki davlat oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va madaniy yaqinlik, yaxshi qoʻshnichilik hamda ittifoqchilik munosabatlarining yorqin ifodasi boʻlgani taʼkidlandi.

Qurʼoni oyatlari tilovat etilib, qardosh xalqlarimizga tinchlik va farovonlik tilab, duo oʻqildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid