Jizzaxda chiqindi tariflari keskin oshirildi
Hukumat qaroriga qarshi oʻlaroq tariflar rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilangan.

Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish va xizmatlar koʻrsatish sohasida majburiy toʻlovlar tariflari miqdori tasdiqlandi.
Xalq deputatlari viloyat kengashi qaroriga koʻra, yangi narxlar avvalgisidan keskin qimmatlagan. Hukumat qaroriga qarshi oʻlaroq tariflar rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilangan.
Yangi tariflar
- Qattiq maishiy chiqindini olib chiqib ketganlik uchun jismoniy shaxslardan 1 kishi uchun oylik toʻlov 8500 soʻm (eski narx 6000 soʻm);
- Qattiq maishiy chiqindini olib chiqib ketganlik uchun yuridik shaxslardan undiriladigan toʻlov tarifi 1 tonna uchun 140 ming soʻm (eski narx 60 ming soʻm);
- Qattiq maishiy chiqindini yuridik va jismoniy shaxslardan olib chiqib ketganlik hamda uni chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari, ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subʼektlariga yetkazib berganlik uchun sanitar tozalash korxonalariga toʻlov tarifi 1 tonna uchun 304 000
- Qattiq maishiy chiqindini qabul qilib olganlik, rekultivatsiya qilganlik va koʻmganlik uchun chiqindi poligonlariga toʻlov tarifi 1 tonna uchun 34 800 soʻm.
Eslatib oʻtish kerak, viloyatda tariflar oxirgi marta 2024 yil fevralda oshirilgandi.
Avvalroq elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari oshirilishi haqida ham xabar berilgandi.
