platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada togʻa-jiyan narkosavdogarlar ushlandi

DXX, bojxona va Ichki ishlar organlarini jalb qilgan holda tezkor tadbir oʻtkazildi. 

Fargʻonada togʻa-jiyan narkosavdogarlar ushlandi

Fargʻonada togʻa va jiyan narkosavdogarlar qoʻlga olindi.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona va Ichki ishlar organlarini jalb qilgan holda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda Qoʻqon shahrida yashovchi, 2002 y.t. fuqaro boshqaruvida boʻlgan “Kobalt” rusumli avtomashina Uchkoʻprik tumani hududida tekshirildi.

Natijada, uning salonida 4 kg 41 gr “gashish” moddasi borligi maʼlum boʻldi. Shuningdek, mazkur fuqaroning uyidan ham 867 gr “gashish” moddasi olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu giyohvandlik vositalari uning 1980 y.t. togʻasiga tegishli ekanligi aniqlanib, u ham qoʻlga olindi.

Aniqlanishicha, ushbu zahri qotil qoʻshni respublikadan olib kelingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) va 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish...) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid